15:48 / 22.05.2019
4 753

O‘zbekistonda avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi

O‘zbekistonda avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi
Foto: UZ24
«Menim fikrim» jamoaviy murojaatlari portalida transport vositalarini tyuning qildirishga qonunchilik darajasida ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi, deb yozadi UZ24.

Murojaat matnida aytilishicha, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari va sohada noyob milliy brendlar yaralishiga imkon beradi.

Mahalliy, milliy rangni hisobga olgan holda ijodiy individual yondashuv yoshlarni (ixtirochilar) nostandart qarorlar qabul qilishga undaydi. Avtomobillar tyuningini qonuniylashtirish avtomobilsozlikni nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi: xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga zamin yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi