17:57 / 11.06.2019
9 132

O‘zbekistonda avtomobillar narhi oshadimi? "O‘zavtosanoat" bunga izoh berdi

O‘zbekistonda avtomobillar narhi oshadimi? "O‘zavtosanoat" bunga izoh berdi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar narxi yana oshishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bugun "O‘zavtosanoat" ushbu masala yuzasidan izoh berdi.

Everyday.uz nashrining xabar berishicha, kompaniya bu yili narxlarni oshirishni rejalashtirmagan. Bu yil dollar kursi, kommunal xizmatlar narxi ko‘tarilgan holatda ham avtomobillar narxi oshmasligi ma’lum qilindi.

Manbaning ta’kidlashicha, avtomobil jihozlari asosan xorijiy davlatlardan olib kelinadi va shuning uchun ham dollar kursining roli bu yerda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, kompaniya uzoq vaqt davomida narxlarni barqaror ushlab turganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobillar narhi oshadimi? "O‘zavtosanoat" bunga izoh berdi