17:10 / 05.07.2019
4 525

«UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi

«UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi
Foto: «Xabar.uz»
«UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochishni rejalashtirmoqda.

Xabar.uz nashrining ma’lum qilishicha, «UzAuto Motors» rahbariyati ushbu do‘konning saytini ochishni ham va’da qilgan. Unga ko‘ra mijozlarda kerakli ehtiyot qismning mavjudligi va narxi bilan tanishib borish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Do‘kon bir oydan so‘ng ochilishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, kecha «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining nomi «UzAuto Motors»ga o‘zgartirilgani rasman ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi