22:16 / 02.10.2019
11 759

Yangi avtomobil uchun to‘lovning yangicha tartibi belgilandi

Yangi avtomobil uchun to‘lovning yangicha tartibi belgilandi
UzAuto Motors matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 oktyabrdan Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im to‘lashning yangi tartibi kuchga kiradi, unga ko‘ra yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq iste’molchilar uchun mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Yangi tartibga ko‘ra:

- 2019 yilning 1 oktyabrigacha tuzilgan yangi transport vositalarini oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomalari bo‘yicha xarid qilingan yangi transport vositalari uchun to‘lov tartibi avvalgidek saqlanib qoladi – yig‘im YXXBB organlarida amalga oshiriladi.

- 2019 yilning 1 oktyabridan e’tiboran tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xarid qilingan avtomobillar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan to‘lov avtomobil narxiga qo‘shiladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi.

To‘lovning yangi tartibi faqat yangi mahalliy transport vositalariga («UzAuto Motors» AJ, «SamAvto» QK MChJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK MChJ, «UzAuto Trailer» MChJ) taaluqliligi, xabarda alohida qayd etiladi.

Ikkilamchi bozorda sotib olingan va import bilan olib kirilgan transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni to‘lash tartibi o‘zgarmadi.

Yangi kiritilgan tartib xaridorlarga vaqtlarini tejashga ko‘rmaklashadi va shu bilan, avtomobil uchun to‘lanadigan umumiy pul miqdori mijozga uning qo‘shimcha harajat qilishiga sababchi bo‘lmaydi. Xaridor avtomobil narxini yagona to‘lov asosida kiritib, Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovni ham avtomobilni sotib olayotgan joyida amalga oshirganlardan bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi avtomobil uchun to‘lovning yangicha tartibi belgilandi