Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2020 yildan boshlab «Xan» brendi ostida elektromobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Hanabad QB Coin» MChJ mutaxassislari Andijon viloyatida turli rusumdagi elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyat boshqarmasida xorijlik sarmoyadorlarni qabul qilgan. Viloyat rahbari xorijlik sarmoyadorlar bilan suhbat davomida ushbu loyihani to‘laligicha qo‘llab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.
«Xan» brendi ostida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan elektromobillar turkumi ixcham yengil elektromobil, IIB xizmati uchun maxsus elektromobil hamda kichik avtobus shaklida ishlab chiqarilishi mumkin.
Bir quvvatlanishda elektromobillar 100-150 kilometr masofani bosib o‘tadi. Elektromobilni uy sharoitida 220 voltli rozetkadan ham quvvatlantirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring