Xitoyning Hanlong Auto avtomobilsozlik kompaniyasi tashqi ko‘rinishidan Range Rover Sport yo‘ltanlamasiga o‘xshash modelni yaratdi. Hunkt Canticie deb nomlangan yangi modelning xitoychi nomi “Kuanshi” bo‘lib, u original Range Rover’dan 10 marta arzonroq turadi. Modelning e’lon qilingan suratlari uning tashqi tomondan Range Rover Sport’ga o‘xshashligini ko‘rsatmoqda.
«Original» va «nusxa» tashqi tomondan bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, ularning farqlanuvchi jihatlari ham bor. Jumladan bu farqlarni faralar, old panjara va orqa chiroqlarda ko‘rish mumkin. Biroq agar yangi modelga Range Rover belgilari o‘rnatilsa, ko‘pchilik “Kuanshi”ni Range Rover’ning yangi modeli deb qabul qilishlari mumkin.
Mashina 2 litrli, 218 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Bu borada yangi model Range Rover Sport SVR’dan ancha kuchsizroq, chunki britan modelida 5 litrli, 8 silindrli dvigatel o‘rnatilgan. Shuningdek, Canticie’ning maksimal tezligi 185 km/soatni tashkil qiladi, vaholanki Range Rover modellarida bu ko‘rsatkich ancha yuqori.
Shu bilan birga, Range Rover’ning xitoycha varianti intereri bilan “original”dan ancha farq qiladi. Canticie’da asboblar paneli to‘liq raqamlashtirilgan.
Narxlarga kelsak, Canticie ancha hamyonbop bo‘lib, u 126 ming yuan (taxminan 18 ming dollar) turadi. Xitoyda Range Rover’ning eng arzon modelini esa 1,22 mln yuan (170 ming dollar), ya’ni 10 marta qimmatroqqa sotib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?