Internetda “FarruhUZ” niki ostida VAZ 2106 rusumli avtomobildan elektromobil yasagan o‘zbek yigiti mashhur bo‘lib bormoqda. Ma’lum bo‘lishicha uning ismi Farrux, u Olma-Otada yashaydi.
Farrux tomonidan Yutub va instagramda joylashtirgan foto va videomateriallar juda ko‘p muxlislarni jamlamoqda.
U VAZ 2106 asosida, Xitoyda ishlab chiqilgan detallar asosida yasagan elektromobil bir quvvatlashda 200 kmgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Shahar va trassa aralash rejimida. Lekin ushbu ma’lumot aniq tekshirilmagan. Buni maksimal natija deb qabul qilish kerak. Real hayotda ushbu ko‘rsatgich 100 – 130 km bo‘lishi mumkin.
Farruxning elektromobili to‘liq xarajatlari keltirib o‘tilmagan, lekin quyidagi narxlarni keltirish mumkin:
Donor avtomobil – VAZ 2106 - 1000 $
Elektro dvigatel 3 faza, 10 kVt – 1000 $
Akkumulyator 96 Volt, 30 kVt/soat – 1500 $
Kontroller 10 kVt – 800 $
Reduktor, kontaktorы va boshqa narsalar– 1500 - 2000 $
Quvvatlash moslamasi– 400 $
Ish haqi – noma’lum.
Ushbu narxlar Olma-Otada joylashgan magazin narxlari. Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olsa ushbu detallar arzonroq bo‘lishi mumkin, albatta. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!