16:20 / 25.11.2019
10 165

O‘zbekistonda Chevrolet Equinox’ning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonda Chevrolet Equinox’ning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi (foto)
Foto: Telegram / «Na begu»
O‘zbekistonda Chevrolet Equinox krossoverini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. U Chevrolet Captiva krossoveri o‘rniga ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu model 2018 yilning kuzida ishlab chiqarishdan olingan edi.
Marketolog Malik Karimov o‘zining «Na begu» Telegram-kanalida O‘zbekistondagi Chevrolet Equinox suratlarini e’lon qildi.

Foto: Telegram / «Na begu»
Qayd etilishicha, mashina saloni Malibu’nikiga o‘xshash bo‘lib, faqat sal balandroq. Chevrolet Equinox O‘zbekistonda 2020 yil ikkinchi choragi (aprel—iyun)da sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu avtomobil narxi Trailblazer’nikidan past, Malibu’nikidan sal yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Telegram / «Na begu»

Foto: Telegram / «Na begu»
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi chog‘ida davlat rahbariga Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse krossoverlari hamda Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasi tanishtirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda Chevrolet Equinox’ning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi (foto)