15:07 / 19.12.2019
4 525

UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq Pitnak shahrida Damas rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi tasdiqlandi.

Ushbu loyihaga asosan quruvchilar va soha mutaxassislarining tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari evaziga juda qisqa vaqt ichida, ya’ni 2014 yil 6 yanvar kuni Pitnak zavodida ilk Damas avtomobili ishlab chiqarilgan edi.

5 yil vaqt o‘tib UzAuto Motors AJ Xorazm viloyati filialida 200 000 dona avtomobil ishlab chiqarilishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi