10:30 / 21.12.2019
4 087

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-noyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2018 yilning shu davrida 181 327 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 253 421 ming dona.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish ham ortdi. 2018 yilda - 3 787 dona, 2019 yilda - 5 056.
Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2018 yilda 135,7 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 186,4.

2019 yil yanvar-noyabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 1 283 donani tashkil etdi (2018 yilda - 2 976).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi