22:43 / 28.12.2019
5 850

«Qimmat» deyilayotgan yangi modellarga birinchi kundayoq 85 xaridor topildi

«Qimmat» deyilayotgan yangi modellarga birinchi kundayoq 85 xaridor topildi
Foto: Kompaniya matbuot xizmati
«UzAuto Motors» kompaniyasi yaqinda keng jamoatchilikka to‘rtta premium sinfga mansub Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etgandi.

Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, savdoning ilk kunida 85 nafar xaridor yangi modellarni xarid qilish istagini bildirdi hamda shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun «UzAuto Motors»ning barcha rasmiy dilerlarida shartnoma imzolash mumkin. Tahoe va Traverse avtomobili uchun shartnomalar Toshkent viloyatidagi Nurafshon Autocentre avtosalonida mavjud.

Ilg‘or texnik parametrlar va o‘zgacha dizaynga ega bo‘lga ushbu modellarning yurtimiz bozoriga kirib kelishi mahalliy avtomobilsozlik sanoatida oldinga tashlangan yana bir muvaffaqiyatli qadam bo‘ldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Qimmat» deyilayotgan yangi modellarga birinchi kundayoq 85 xaridor topildi