14:05 / 02.01.2020
9 969

Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi

Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi
Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda avtotransport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtirilishi mumkin. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan hujjat loyihasida aytilgan.

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishga ko‘ra, texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi.

Texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositasining egasiga DYHXX organi xodimi transport vositasi texnik holatining transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentlarga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat beradi.

Sertifikat (yoki dublikat) berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida yig‘im undirilishi mumkin.

Sertifikat berganlik uchun yig‘im summasining 80 foizi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining maxsus hisobvarag‘iga, 20 foizi esa O‘zbekiston Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltirilgan mablag‘lar sertifikatlarni joriy etishni moliyalashtirish va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish uchun sarflanadi.

Bildirilishicha, sertifikat keyingi texnik ko‘rikka qadar saqlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalari amalda quyidagicha:

Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish

Ma’lumot uchun:
Sertifikatlar soxtalashtirishdan himoya qilishning bir necha darajasiga ega, bardoshli va egiluvchan materiallardan tayyorlanadi (A7 o‘lchami), maxsus o‘qish vositalari (dasturlar) yordamida tezda tanib olish uchun ma’lumot, maxsus elektron yorliq (NFC Smart-chip)ga ega bo‘ladi, bu qurilmalar o‘rtasida kontaktsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi.

Sertifikatlarni ishlab chiqarish uchun taklif etilayotgan texnologiya:
  • xodim tomonidan berishda uni qo‘lda rasmiylashtirilishini istisno qiladi (ma’lumotni kiritish va elektron sertifikat yorlig‘ini faollashtirish innovatsion texnologiyalar yordamida maxsus qurilma tomonidan amalga oshiriladi);
  • transport vositalarini harakatlanish jarayonida to‘xtatmasdan, texnik ko‘rikdan o‘tganligini aniqlashning soddalashtirilgan boshqaruv sxemasini qo‘llashga imkon beradi.

Yo‘lning qatnov qismidan yuqorida (ustunlar, yo‘l o‘tkazgichlar, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun mavjud konstruksiyalar va boshqalar) maxsus o‘qish qurilmasi o‘rnatiladi.

Qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalarini oqim ichida aniqlashni ta’minlaydi, shuningdek, soxta va muddati o‘tgan sertifikatlarni aniqlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi