22:23 / 02.01.2020
4 410

Endi avtomobillarni to‘xtatmasdan texnik sozligini tekshirish mumkin

Endi avtomobillarni to‘xtatmasdan texnik sozligini tekshirish mumkin
O‘zbekistonda transport vositalarining texnik holatini tekshirish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyiha e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi ham haydovchilar, ham yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari uchun noqulay va eskirgan uslub bo‘lib qolmoqda. Qolaversa, avtomobillarning texnik holati haqida elektron baza hamon mavjud emas, bu degani — texnik holat haqida beriladigan talonning haqiqiyligini tekshirib bo‘lmaydi va uni soxtalashtirish ham mumkin.

Shuning uchun tizimga yangi ko‘rinishdagi sertifikatlar joriy etilib, u bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi.

Talonlar o‘rniga beriladigan sertifikatlarni soxtalashtirishning oldini olish maqsadida bir necha bosqichli himoya, chidamli va moslashuvchan materiallardan ishlab chiqariladi. Maxsus dasturlar yordamida ma’lumotlarni tezda o‘rganish mumkin va eng asosiysi maxsus elektron yorliqlar orqali boshqa dasturlar bilan o‘zaro muloqot qilish mumkin.

Tavsiya etilgan sertifikat texnologiyasi, xodimlar ishini osonlashtiradi. Chunki sertifikatga axborot kiritish va sertifikatlarning elektron yorlig‘ini faollashtirish innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi, texnik jihatdan tekshirilmagan avtomobillarni aniqlashlash tizimi yaratiladi va soxta yoki muddati tugagan talonlar bilan harakatlanishga chek qo‘yadi.

Avtomobillarning texnik holatini tekshirish uchun ularni to‘xtatishga hojat qolmaydi — ularni tekshirish va nazorat qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

Sertifikatlarni joriy etish — talon bilan bog‘liq kechikish yoki soxta talonlar kabi muammolarni bartaraf etadi. Texnik tekshiruvlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi avtomobillarni to‘xtatmasdan texnik sozligini tekshirish mumkin