14:40 / 04.01.2020
4 444

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarganini ma’lum qildi

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarganini ma’lum qildi
«O‘zavtosanoat» AJ axborot xizmati 2019 yilda O‘zbekistonda jami 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.
Aksiyadorlik jamiyatining Telegram-kanalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 2018 yilda ushbu raqam 220 667 tani tashkil qilgan.

Avval «O‘zavtosanoat» UzAuto Motors kompaniyasining Xorazm filiali ishlab chiqarish tarmog‘i konveyeridan 200 minginchi avtomobil chiqqani, ushbu avtomobilning Damas rusumiga tegishli ekanini xabar qilgan edi.

2019 yil 25 dekabrda UzAuto Motors kompaniyasi Toshkentda Chevrolet’ning to‘rtta yangi modeli — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox’ning taqdimotini o‘tkazgan edi. Shu kunning o‘zida ushbu to‘rtta yangi yo‘ltanlamasning taxminiy narxlari, ya’ni Chevrolet Equinox avtomobili 32—35 ming dollar, Chevrolet Traverse 38—45 ming dollar, Trailblazer 50—60 ming dollar va Chevrolet Tahoe 85—90 ming dollar ekvivalentida ekani aytilgan.

2019 yil 27 dekabrda Equinox: boshlang‘ich narxi — 225 652 174 so‘m (23,7 ming dollar)dan, Redline LT komplektatsiyasi — 303 478 261 so‘m (31,9 ming dollar), Trailblazer: boshlang‘ich narxi — 264 347 826 so‘m (27,7 ming dollar)dan, LTZ komplektatsiyasi — 346 086 957 so‘m (36,3 ming dollar), Traverse: boshlang‘ich narxi — 404 173 913 so‘m (42,4 ming dollar)dan, Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 so‘m (54,4 ming dollar), Tahoe: boshlang‘ich narxi — 517 391 304 so‘m (54,3 ming dollar)dan, Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 so‘m (72,6 ming dollar) ekanligi rasman e’lon qilingan edi.

2019 yil 29 dekabr kuni UzAuto Motors savdoning ilk kunida 85 dona Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox bo‘yicha shartnoma tuzgani, Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun UzAuto Motors’ning barcha dilerlarida shartnoma imzolash mumkinligi, Tahoe hamda Traverse avtomobillari uchun shartnomalar esa Toshkent viloyatidagi «Nurafshon Autocentre» avtosalonida mavjudligi haqida xabar qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» AJ 2019 yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarganini ma’lum qildi