16:42 / 04.01.2020
4 973

«O‘zavtosanoat» yangi modellarning O‘zbekiston va xorijdagi narxlarini taqqosladi

«O‘zavtosanoat» yangi modellarning O‘zbekiston va xorijdagi narxlarini taqqosladi
Xabaringiz bor, UzAuto Motors Chevrolet premium turkumiga mansub yangi modellar: Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox taqdimotini o‘tkazdi.

Trailblazer va Equinox modellari uchun shartnomalar tuzish 27 dekabrdan UzAuto Motorsning barcha rasmiy dilerlik markazlarida boshlandi. Tahoe va Traverse uchun shartnomalar esa hozircha faqat «Nurafshon Autocentre» salonida mavjud.

Sotuvlarning birinchi kunidayoq yangi modeldagi 85 ta avtomobil o‘z xaridorini topdi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur modellarning qimmat ekanligi haqidagi izohlarga javoban «O‘zavtosanoat» ularning narxi raqobatbardosh ekanligini bildirdi.

Jumladan, Tahoe O‘zbekistonda 54 369, Rossiyada 58 100, AQSHda 53 960, BAAda 53 233 dollar turadi.
Trailblazer: O‘zbekistonda 27 778, Braziliyada 57 236, Kolumbiyada 41 640, Tailandda 37 690 dollar;
Traverse: O‘zbekistonda 42 471, BAAda 42 310, AQSHda 42 295, Rossiyada 47 100 dollar;
Equinox: O‘zbekistonda 23 700, Meksikada 24 000, BAAda 24 070, AQSHda 24 995, Xitoyda 25 000 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» yangi modellarning O‘zbekiston va xorijdagi narxlarini taqqosladi