20:37 / 06.01.2020
3 751

UzAuto Motors IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
UzAuto Motors aksiyalarining birlamchi ommaviy taklifi (IPO)ni o‘tkazmoqchi.
Bu haqda kompaniya vakillari 6 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sof.uz nashri.

Kompaniyaning strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov so‘zlariga ko‘ra, IPO xorijiy birjada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniyaning yagona aksiyadori davlat hisoblanadi.

Yozda “O‘zavtosanoat” davlat shirkati 4 kompaniyani o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Ular: UzAuto Motors, Avtooyna, Avtokomponent hamda Uzavtosanoat Leasing. Avvalroq O‘zbekiston tomoni GM Uzbekistan’dagi barcha aksiyalarni sotib olganidan so‘ng kompaniya nomi UzAuto Motors’ga o‘zgartirilgan edi.

IPO (inglizcha Initial Public offering birikmasining qisqartmasi) aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi ommaviy taklif qilinishi degan ma’noni bildiradi. Bunda aksiya chiqaruvchi shirkat o‘z aksiyalarini ilk bora keng omma e’tiboriga havola etayotgan bo‘ladi. IPO ni o‘tkazishdan asosiy maqsad kompaniyani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda