12:40 / 25.01.2020
3 336

Unimog vezdexodi avtomobillar uchun balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi

Unimog vezdexodi avtomobillar uchun balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi
Foto: Motor
Unimog U 5023 vezdexodi sayyoradagi harakatdagi eng baland vulqon cho‘qqisiga chiqib, avtomobillar uchun balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Vulqon Oxos-del-Salado deb nomlanadi va Argentina hamda Chili chegarasida joylashgan. Uning qiyaligida alpinistlar va olimlarning bir necha lagerlari tashkil etilgan. Bu yerga ikki Unimog U 5023 vezdexodida avtomobil alpinisti Matias Yeshke ekspeditsiyasi davomida chiqib keldi.

Mashinalardan jihoz va anjomlar, shuningdek, ekspeditsiya a’zolari turli balandlikda o‘rnatgan 4 ta radiostansiyani tashish uchun foydalanildi.

Foto: Motor
Oxirgi, to‘rtinchi radiostansiyani 6100 metr balandlikka o‘rnatgandan so‘ng vezdexodlardan biri yanada yuqoriga — 6694 metrga ko‘tarildi va avtomobillar uchun balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha yangi dunyo rekordi o‘rnatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Unimog vezdexodi avtomobillar uchun balandlikka ko‘tarilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi