12:13 / 07.02.2020
5 308

Sho‘r suvda yuradigan avtomobil yaratildi

Sho‘r suvda yuradigan avtomobil yaratildi
Yevropa kompaniyasi NanoFlowcell dunyoda birinchi marta sho‘r suvda yuradigan elektr avtomobilini ishlab chiqardi. Bu haqda Ekologuz kanali xorij saytlariga asoslanib xabar berdi.
Ayni paytda Quant e-Sportlimousine avtomobiliga Germaniya yo‘llarida harakatlanishga rasmiy ruxsat berilgan.

Avtomobil Quant e-Sportlimousine 2.8 soniyada 100 km. tezlikka chiqishi mumkin. Bir marta baki to‘ldirilgan avtomobil 600 km. yo‘l bosishga qodir. Albatta, avtomobil dengiz yoki okeanning sho‘r suvida yurmaydi. Avtomobilning maxsus reaktorida ikki turdagi tuz eritmalari tayyorlanib, ular elektrolit sifatida yonilg‘i eleyentlari vazifasini o‘taydi.

Avtomobil ekologik jihatdan toza. Uning tarkibida na qimmatbaho metallar, na noyob elementlar bor. Metall tuzlar va kristal strukturalarni atrof-muhitga xavfsiz tarzda utilizatsiya qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sho‘r suvda yuradigan avtomobil yaratildi