Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan yengil avtomobillar top-10 ro‘yxatida Ravon Nexia R3 yetakchi bo‘lib oldi – yanvar oyida qo‘shni mamlakatda 449 ta ushbu rusumli mashina sotildi. Yangi yilning yanvarida Qozog‘iston avtomobil bozori o‘tgan yil shu davridagiga nisbatan sotuvlarning 20 foizga o‘sishi bilan esda qolarli bo‘ldi.
Qayd etish o‘rinliki, Ravon brendi ostidagi avtomobillar sotuvi 2019 yil mart oyida qayta tiklandi. O‘tgan yilda Qozog‘istonda 3536 dona Ravon Nexia R3 avtomobili sotildi. Bunda, 2019 yil sentabrda Nexia mamlakatdagi eng ko‘p sotiladigan avtomobillar uchtaligiga kirgandi, yangi yilda esa, eng xaridorgir avtomobillar yetakchilari ichida birinchi o‘rinni egallab, sotuvlar ilg‘origa aylandi.
Qozog‘istonda sotilayotgan Neksiyalarning narxi qancha?
Olmaotadagi avtosalonlarda, shuningdek, Ravon.kz saytida R3 modeli 3 469 000 tenge (hozirgi kurs bo‘yicha 86 725 000 so‘m)dan 4 199 000 tenge (104 975 000 so‘m)gacha taklif qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi