12:30 / 29.02.2020
7 186

Qozog‘iston O‘zbekistonga avtomobil eksport qiladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga avtomobil eksport qiladi
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2-chi hududlararo forumida Qostanayda ishlab chiqarilgan avtomobillarni O‘zbekistonga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deb yozadi Kazinform viloyat hokimi matbuot xizmatiga tayanib.

Ikki mamlakat hukumat rahbarlari ishtirok etgan forumda agrosanoat, sanoat kooperatsiyalari, sanoat va turizm sohalaridagi hududiy biznes hamkorligi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Forumda Qostanay viloyati hoikmi Arximed Muxambetov hududning avtoindustriyasini tanishtirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi hududlari bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilda 34,9% o‘sib, 150 mln AQSH dollariga yetdi. Forumda 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Toshkent viloyati hokimligi va Qostanay viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. O‘zaro sheriklik doirasida Qozog‘iston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotish va eksport qilish uchun «Avtosanoat invest» MCHJ, «SararqaAvtoProm» MCHJ va «Gruppa kompaniya Allyur» AJ o‘rtasidagi qo‘shma korxona to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi», - deyilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘iston O‘zbekistonga avtomobil eksport qiladi