07:30 / 10.03.2020
9 152

"Neksiya" narxi 1 mlrd so‘m bo‘lishiga ham roziman, faqat..."

"Neksiya" narxi 1 mlrd so‘m bo‘lishiga ham roziman, faqat..."
"Bu yerda monopoliyaning yomonligi haqida uzundan-uzun post yoxud g‘azab, nafrat va kinoyaga to‘la «dil izhorlari» bo‘lishi mumkin edi. Ammo u bo‘lmaydi. Chunki bu befoyda. Shunchaki hech qanaqa foydasi yo‘q.

Yaramas monopoliya yomonligi esa, har kuni quyosh chiqishi kabi isbot talab qilmaydigan haqiqat.

Aslida bozor sharoitlaridan kelib chiqib, biror talabgor mashina yoki boshqa mahsulotning narxi oshishi mumkin, bunaqasi uchrab turadi. Ammo gap narxning oshish yoki oshmasligida emas, gap xalq o‘zi yoqtirmagan, o‘zi xohlamagan va o‘zi tanlamagan mashinani sotib olishga majburligida. Yoki teskarisi xalq o‘zi yoqtirgan, o‘zi xohlagan va o‘zi tanlagan mashinani oddiy bozor narxida sotib ololmasligida.

Asosiy masala shunda. Bozorni erkin qilib, xalq uchun tanlov imkoniyatini bering-da, keyin istasangiz "Neksiya" uchun 1 mlrd so‘m narx qo‘ying, bizga farqi yo‘q. Birov g‘ing demaydi. Shikoyat ham qilmaydi. Norozi ham bo‘lmaydi.

Afsuski hali-beri bunaqa bo‘lmaydi. Hali-beri...

P.S.: avtobirbalo nomli "foizsiz (yoki arzon) kredit beramiz" deydigan firibgarlarning yana kuni tug‘di, odamlar tavakkal qilib, shularga ishonib ko‘rishga majbur bo‘ladi. Keyin esa yana xalqning o‘zini soddalikda ayblab bong uramiz. Ajoyib.

P.S.-2: baribir uzun bo‘lib ketdi, qisqa yozib bo‘lmasakan", deydi "xushnudbek.uz".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "Neksiya" narxi 1 mlrd so‘m bo‘lishiga ham roziman, faqat..."