15:10 / 12.03.2020
4 323

Alisher Qodirov: "RF va Qozog‘istonda sotilayotgan avtomashinalardan bizda sotilayotgan avtomashinalar 500-900 dollarga arzonroq"

Alisher Qodirov: "RF va Qozog‘istonda sotilayotgan avtomashinalardan bizda sotilayotgan avtomashinalar 500-900 dollarga arzonroq"
UzAvtoMotors monopolist, to‘g‘ri. Lekin u mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi, 18 ming vatandoshimiz non topayotgan va budjetimizga 4 trln.so‘mdan ko‘proq soliq to‘layotgan monopolist. Biz ushbu sohani korrupsiya botqog‘iga botib ketgan davrini ham ko‘rdik.

“Shapka”larimiz bilan, lom-mim demasdan ushbu monopolistni “vahshiylashishi”ga hissa qo‘shganlarimiz ham qancha. Endi u raqobatga tayyorgarlik ko‘rayapti, shaffoflashayapti, haqiqiy tannarxini topayapti. Bu zaruriy ehtiyoj, boshqa yo‘li yo‘q.

Sohada raqobatni yuzaga kelishi vaqt masalasi, hammamiz bilamiz. Biz kutayotgan JSTga a’zolik bilan bozorimiz ochiladi va haqiqiy raqobat boshlanadi. Hozir dod solganimiz bilan yengil avtomashina ishlab chiqaradigan yana bir kompaniya paydo bo‘lib qolmaydi. O‘shanda narxi arzonroq bo‘lgan avtomashinani sotib olish haqida o‘ylaymiz, narxi qimmat va sifati past ishlab chiqaruvchilar kasodga uchramaslik uchun turli “karomatlar” ko‘rsatishadi.

Qimmat mashinani “qimmat ekan” deb dod solmaymiz, olmay qo‘ya qolamiz, tamom. Lekin hozirgi o‘rtahol o‘zbekistonlikning daromadi talab qilinayotgan arzon mashinaga ham yetmaydi-ku? Masala avtomashina narxini ko‘tarilganida emas, daromadimizni kamligidadir, balki?

“Milliy tiklanish” partiyasining fraksiyasi UzAvtoMotors vakillarini savollarga javob berish uchun Qonunchilik palatasiga taklif qildi. Muhokama boshqa partiyalarning fraksiya a’zolari uchun ham ochiq bo‘ldi.

Menimcha, savollarimizga javob oldik:

1)Narxlar avtomashinalarni tannarxiga mutanosib belgilanmoqda. Narxlarni oshishi xorijdan kelayotgan ehtiyot qismlarni ko‘pligi bilan bog‘liq. Shuncha vaqtdan beri mahalliylashtirilmagan! Muammo, lekin shaffoflashayotgan kompaniyani qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qilayotgani uchun tanqid qilish adolatsizlik;

2)Avtomashina narxi xorijda sotilayotgan narxlardan yuqori emas. RF va Qozog‘istonda arzon ko‘rsatilayotgan narxlar avtomashinalar uchun boshlang‘ich to‘lov bo‘lib chiqmoqda. Bizda sotilayotgan avtomashinalar 500-900 dollarga arzonroq. O‘rganishda davom etamiz.

Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
"MTDP" fraksiyasi a’zosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Alisher Qodirov: "RF va Qozog‘istonda sotilayotgan avtomashinalardan bizda sotilayotgan avtomashinalar 500-900 dollarga arzonroq"