23:00 / 14.03.2020
5 969

Avtomobillar narxlari oshganidan so‘ng: xaridlar soni pasayish o‘rniga oshib bormoqda

Avtomobillar narxlari oshganidan so‘ng: xaridlar soni pasayish o‘rniga oshib bormoqda
UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e’lon qilganidan so‘ng mashinalarga talab pasayish o‘rniga ko‘paygan. Buni «O‘zavtosanoat» aksionerlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 9 mart kunidan boshlab har kuni o‘rtacha 1487ta avtomobilga shartnoma tuzilmoqda.
«2020 yilning 9–12 mart kunlari 5949ta avto avtomobilga shartnoma tuzildi. Agar ushbu raqamni shartnomalar imzolangan 4 kunga taqsimlasak, kuniga o‘rtacha 1487 ta avtomobil uchun shartnoma imzolanayotgani kelib chiqadi. Bu avvalgi oydagi ko‘rsatkichimizdan 42 foizga ko‘proqdir», — dedi Zumrad Shojalilova.

Biroq, «O‘zavtosanoat» aksionerlik jamiyati matbuot xizmati rahbari oldingi oyda ko‘rsatkichlar qanday bo‘lganini taqdim etmadi va faqat narxlar keskin oshirilganidan keyingi raqamlarni oshkor qildi. Ya’ni, solishtirish imkoniyatini o‘zida qoldirdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 9–12 mart kunlari jami:
2172ta «Lacetti»;
1194ta «Cobalt»;
975ta «Nexia-3»;
671ta «Spark»;
519 ta «Damas-2»;
281ta «Malibu-2»;
84ta «Tracker»;
41 ta «Trailblazer» LTZ-AT;
7 ta «Traverse Premier» AT;
5 ta «Equinox» AT uchun shartnoma tuzilgan.

Boz ustiga, hisob-kitob ishlari yakuniga yetmagani sababli 13–14 mart kunlarida nechta avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzilgani haqidagi ma’lumotlarni «O‘zavtosanoat»dan olishning imkoni bo‘lmadi.
Lekin jadvalga qarab, xarid tendensiyasi pasayish tomon yuz tutganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni avtomobillarning narxlari modifikatsiyasiga qarab 3-21 foiz atrofida oshirilgan edi. Xususan, «Damas» va «Spark» 21 foizgacha, «Nexia», «Cobalt» va «Lacetti» 15 foizgacha qimmatlagan bo‘lsa, yuqori narx segmentidagi avtolar – «Malibu-2», «Tracker», «Trailblazer», «Equinox», «Traverse» va «Tahoe» narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

UzAuto Motors’ning 11 mart kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida avtomobil narxlari oshirilganini dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sgani, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshgani, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan kompaniya 2019 yilning oktabr oyidan boshlab soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan, QQS bo‘yicha to‘lashni boshlagani bilan izohlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillar narxlari oshganidan so‘ng: xaridlar soni pasayish o‘rniga oshib bormoqda