18:14 / 30.03.2020
4 177

Rossiyalik blogerlar Hummer’ga «Jiguli»ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini «kiydirdi» (foto, video)

Rossiyalik blogerlar Hummer’ga «Jiguli»ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini «kiydirdi» (foto, video)
Foto: Motor
Youtube’dagi «Garaj-54» kanalining muallifi noodatiy tajriba o‘tkazdi: Hummer H2 mashinasiga «Jiguli»ning oddiy 13 dyuymli g‘ildiraklarini «kiygizdi». Amerika yo‘ltanlamasiga «Vaz» diskalarini o‘rnatish uchun muhandislar markaziy seksiyani kesib, qo‘shimcha sakkizta teshik ochishga majbur bo‘ldi, deb xabar qiladi Motor.

Tajribaning maqsadi Hummer’ga «Jiguli»ning 175/70 R13 g‘ildiraklarini o‘rnatish bo‘lgan. Buning uchun «modernizatsiyalashgan» diskalar tilla rangga bo‘yalgan. Pokrishkalar almashtirilgach, yo‘ltanlamasning yer bilan orasidagi masofasi 26 santimetrdan 4—5 santimetrga qisqargan.

Blogerlar «Jiguli» g‘ildiraklari Hummer’ni ko‘tara olishiga ishonmagan bo‘lsa-da, tajriba muvaffaqiyatli o‘tgan. Hummer hech qanday qiyinchiliksiz harakatga kelgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyalik blogerlar Hummer’ga «Jiguli»ning 13 dyuymli g‘ildiraklarini «kiydirdi» (foto, video)