06:53 / 01.04.2020
6 513

Vetnamda yog‘ochdan Toyota Land Cruiser​ avtomobilini yasashdi (video)

Vetnamda yog‘ochdan Toyota Land Cruiser​ avtomobilini yasashdi (video)
Foto: YouTube
Toyota Land Cruiser 200 avtomobilining yog‘ochdan yasalgan nusxasi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ushbu model yaratilishi aks etgan videorolik bir hafta ichida 24 milliontadan ko‘proq tomosha qilindi.

Vetnamlik usta yog‘ochdan avtomobil yasash jarayonini ko‘rsatib bergan. Ishlov berilmagan yog‘ochlar bir necha daqiqa ichida uning qo‘lida avtomobilga aylanadi.

Avvaliga usta avtomobilni yog‘och ustiga chizib, kerakli shaklni kesib oladi, so‘ngra mayda detallarni boltlar yordamida bir-biriga qotiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Vetnamda yog‘ochdan Toyota Land Cruiser​ avtomobilini yasashdi (video)