10:20 / 01.04.2020
2 365

BMW harakat vaqtida shaklini o‘zgartirishga qodir rulni yaratdi (foto)

BMW harakat vaqtida shaklini o‘zgartirishga qodir rulni yaratdi (foto)
Foto: Motor
BMW kompaniyasi o‘z shaklini mexanik jihatdan o‘zgartirishga qodir rulni yaratmoqda. Transformatsiyalanuvchi boshqaruv organi patentini AutoExpress nashri payqab qolgan, deb xabar beradi Daryo.

Harakat vaqtida aylanadan oval shaklga o‘zgara oladigan yangi rul haydovchini avtonom rejimdan qo‘lda boshqarish rejimiga o‘tganligi haqida ogohlantirish uchun kerak.

Nemis markasining mexanik transformatsiyalanuvchi rulni yaratishiga Stenford universiteti tomonidan 2017 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar sabab bo‘lgan. Olimlar harakatni avtonomdan qo‘lda boshqarish rejimiga o‘tkazishning ikkita tizimini sinovdan o‘tkazgan — birinchi guruh haydovchilar geometrik o‘zgartuvchi robotlashtirilgan rulni, ikkinchi guruh esa an’anaviy svetodiod indikatsiya tizimini sinovdan o‘tkazgan.

Foto: Motor
Tadqiqotlar rulning mexanik o‘zgaruvchanligi vizual ogohlantirish tizimidan samaraliroq ekanligini ko‘rsatgan. Avtonom boshqarish tizimi favqulodda vaziyatlarda boshqaruvga haydovchining aralashuvini talab etgani sabab ogohlantirishga javob berish uchun juda tezkorlikni talab etadi.

Foto: Motor
BMW patenti o‘zgaruvchan boshqaruv organini joriy etishga qaratilgan ikkinchi qadam hisoblanadi. 2019 yilda Bavariya firmasi qurilmalar paneliga xalaqit bermaydigan va avtomobilga o‘tirish/tushishda qulaylik tug‘diradigan poligonal shaklga ega rulni taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW harakat vaqtida shaklini o‘zgartirishga qodir rulni yaratdi (foto)