08:35 / 09.04.2020
2 090

Nyu-Yorkda haydovchi 700 ming yevrolik o‘g‘irlangan superkarni urib pachoq qildi (video)

Nyu-Yorkda haydovchi 700 ming yevrolik o‘g‘irlangan superkarni urib pachoq qildi (video)
Foto: The Drive
AQSHning Nyu-York shahrida Gemballa Mirage GT superkari haydovchisi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. U bir nechta avtomobillarni urib, voqea joyidan qochishga urindi, deb yozadi The Drive.

Superkar 700 ming yevro turadi. Ustiga-ustak avtomobil qidiruvda bo‘lgan.
YTHda avtomobil sezilarli darajada zararlangan. Biroq haydovchini bu holat ham to‘xtata olmadi. U voqea joyidan qochishga urinib, svetoforning qizil chirog‘iga o‘tib ketdi, deyiladi xabarda.

Foto: The Drive
Haydovchini politsiyachilar to‘xtatib qolgan. Avariya sabablari noma’lum.
Qayd etilishicha, ushbu superkar GoldRush Rally asoschisi Ben Chenga tegishli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Nyu-Yorkda haydovchi 700 ming yevrolik o‘g‘irlangan superkarni urib pachoq qildi (video)