11:27 / 10.04.2020
4 730

Toyota ayollar uchun maxsus avtomobil ishlab chiqardi (foto)

Toyota ayollar uchun maxsus avtomobil ishlab chiqardi (foto)
Foto: Motor
Yaponiyada Toyota Passo Moda Charm — ayollar uchun mo‘ljallangan shahar xetchbekining maxsus versiyasi sotuvga chiqdi. Maxsus seriali avtomobillar Juicy Pink Metallic rangida taqdim etilib, standart modeldan intererining jihozlanishi bilan farq qiladi, deb xabar beradi Motor.

Passo Moda Charm modeli o‘rindiqlari turli ranglar uyg‘unligidagi sun’iy charm bilan qoplangan va haydovchi o‘rindig‘iga isitish tizimi o‘rnatilgan. Mashina nafaqat pushti, balki jigarrang, oq, yashil va qizil ranglarda ham ishlab chiqariladi.

Foto: Motor
Xetchbekni 69 ot kuchiga ega 1,0 litrli uch silindrli atmosfera dvigateli variator bilan birgalikda harakatga keltiradi.
Toyota Passo Moda Charm’ning narxi 1 617 000 iyenadan (13 ming dollar) boshlanadi.

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toyota ayollar uchun maxsus avtomobil ishlab chiqardi (foto)