Foto: Volkswagen
Joriy yilning yozida Volkswagen kompaniyasi yangilangan Tiguan modelini taqdim etadi. Hozirda kompaniya modelning ilk rasmi bilan bo‘lishdi: avtomobil radiator panjarasi va yangi dizaynli old bamperga ega bo‘lgan, deb xabar beradi Motor'ga tayanib Daryo.
Surat Volkswagen America’ning marketing bo‘yicha rahbari Xandrik Mut tomonidan namoyish etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Tiguan dizaynida, asosan, krossoverning old qismi o‘zgarishga uchragan. Bazaviy komplektida yorug‘lik diodli optika o‘rin olgan, IQ Lights faralari esa qo‘shimcha sifatida taklif etiladi.
Avtomobil salonini yaratishda sakkizinchi avlod Volkswagen Golf hamda yangi Passat’niki kabi texnologik yechim qo‘llanilgan. Taxminlarga ko‘ra, gap turli tugmalar sonining kamaygani haqida ketmoqda — ularning o‘rnini sensorlar egallaydi. Krossoverga Golf’dan haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy tizimlar «meros» bo‘lib qolishi mumkin.
Volkswagen Tiguan gibrid modifikatsiyaga ega bo‘ladi, dvigateli EVO oilasiga mansub — benzin motorli TSI hamda dizelli TDI. Bundan tashqari, modelga R-Line versiyasi ham o‘rnatiladi, keyinchalik bozorga sport versiyasi — Tiguan R chiqishi kutilmoqda.
Volkswagen Tiguan’ning 127 ot kuchiga ega hozirgi modeli Rossiya bozorlarida 1,6 million rubldan (22 ming dollar), 220 kuchga ega mexanik uzatmalar qutisida boshqariluvchi variant esa 2,7 million rubldan (35 ming dollar) sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?