19:47 / 21.04.2020
3 189

Xitoy kompaniyasi kelajak elektromobillarining dizaynini namoyish etdi

Xitoy kompaniyasi kelajak elektromobillarining dizaynini namoyish etdi
Foto: Motor
SAIC — Xitoy davlat avtomobilsozlik kompaniyasiga tegishli Roewe markasi R-Aura flagmanining kelajakdagi konseptini taqdim etdi. Elektrokar birinchi bo‘lib o‘ziga xos yangi dizayn va soddalashtirilgan R shaklidagi logotipga ega bo‘ladi. Keyinchalik ushbu dizayndan kompaniyaning boshqa elektromodellarida qo‘llash boshlanadi, deb xabar beradi Motor.

Roewe’ning yangi dizayniga bir vaqtning o‘zida ham oddiy, ham zamonaviy deya ta’rif berilmoqda. Ko‘zga tashlanadigan elementlari old tarafida — yoritilgan logotip va faralarni birlashtirib turuvchi ingicha hoshiya, orqa tarafida esa — uch o‘lchovli fonarlar. Taxminlarga ko‘ra, bu kabi ko‘rinish kelajakdagi barcha Roewe elektromobillariga taalluqli bo‘ladi.

Kuzovning markaziy ustunida barmoq izi skaneri hamda yuzni tanish tizimi kamerasi joylashganini ko‘rish mumkin. Konsept haqida boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q. Mashinaning texnik tavsifi haqida hatto mahalliy OAV ham bilmaydi, shu sababli R-Aura — shunchaki dizayn borasidagi tadqiqot, tayyor prototip emas degan xulosaga kelish mumkin.

Foto: Motor
Bugungi kunda Roewe brendi ostida ikkita elektromodel sotilmoqda. Bular — ERX5 krossoveri va Ei5 universali. Fevral oyida kompaniya yana bir sedanni — Ei6’ni namoyish etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy kompaniyasi kelajak elektromobillarining dizaynini namoyish etdi