14:39 / 23.04.2020
3 704

Putinga Aurus limuzinining qaysi jihatlari yoqmagani ma’lum bo‘ldi

Putinga Aurus limuzinining qaysi jihatlari yoqmagani ma’lum bo‘ldi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturovning ma’lum qilishicha, anchadan buyon Aurus limuzinidan foydalanib kelayotgan mamlakat prezidenti Vladimir Putin dastlabki vaqtlarda avtomobilning texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib kelgan. Bu haqda Autorambler xabar berdi.

«Vladimir Putin Aurus’dan muntazam foydalana boshlagani sabab dastlabki vaqtlarda u o‘zi to‘g‘ri deb bilgan tavsiyalarni berdi. Birinchi navbatda bu Aurus’ning texnik ishiga taalluqli», — deydi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning barcha tavsiyalari tezkorlik bilan bajarilgan va Putin uzoq vaqt yangi maslahatlar bermagan.
«Demak, hammasi yoqmoqda va barchasi sifatli ishlayapti», — deydi Manturov.

Shuningdek, sanoat va savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, Aurus avtomobillarining dastlabki partiyasi mijozlarga 2021 yilning martida boshlab yetkazib beriladi. Keyingi yildan Aurus’ni «Olabug‘a»dagi Ford Sollers zavodi quvvatlarida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, bu esa prezident avtomobillarini yiliga 5 ming nusxagacha taqdim etish imkonini beradi.

Premium sinfiga oid Aurus’ga 600 ot kuchiga ega 4,4 litrli gibrid V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘qqiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Shuningdek, Aurus modellari tarkibidan yo‘ltanlamas, sedan va miniven ham o‘rin olgan. Aurus Senat Sedan S600’ning narxi 18 million rubldan (234 ming dollar) boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Putinga Aurus limuzinining qaysi jihatlari yoqmagani ma’lum bo‘ldi