13:46 / 25.04.2020
4 037

Yevropadagi deyarli buzilmaydigan avtomobillar nomi e’lon qilindi

Yevropadagi deyarli buzilmaydigan avtomobillar nomi e’lon qilindi
Foto: Motor
Germaniyaning TUV tashkiloti mutaxassislari Yevropa bozorlarida sotilayotgan deyarli buzilmaydigan avtomobillar reytingini tuzib chiqdi. Tadqiqotda transport vositasining so‘nggi uch yil ichida ta’mirlash servislariga necha marotaba borgani hisobga olingan, deb xabar beradi Motor.

Ekspertlar Mercedes-Benz GLC’ni eng ishonchi avtomobil deya topgan. Krossover so‘nggi 2-3 yilda servislarga «ishi tushgan», 55 ming kilometrga yaqin masofa bosgan boshqa modellar orasida yetakchiga aylangan. Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan yana beshta nemis markasi o‘rin olgan: A-Class, B-Class, C-Class, E-Class Coupe va SLC/SLK

Mercedes’dan tashqari Yevropa avtomobillari orasida Audi A1, shuningdek, Q5 va Q3, Porsche 911 hamda nemis markasi bo‘lmagan yagona avtomobil — Mazda CX-3 modellari o‘rin olgan. Reytingning eng yomon modellari sifatida Dasia’ning (Renault) ikki modeli — Logan va Duster, shuningdek, Citroen Berlingo tan olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yevropadagi deyarli buzilmaydigan avtomobillar nomi e’lon qilindi