15:13 / 01.05.2020
3 821

Toyota kompaniyasi o‘zining noyob Supra’sini taqdim etdi (foto)

Toyota kompaniyasi o‘zining noyob Supra’sini taqdim etdi (foto)
Foto: Motor
Toyota kompaniyasi yapon bozori uchun yangilangan Supra kupesini taqdim etdi. Storm Grey noyob rangi ostidagi maxsus versiyadan 27 dona ishlab chiqariladi, biroq uni har kim ham sotib ololmaydi. Sportkar egalari lotereya yordamida tanlab olinadi, deb xabar beradi Motor.

Yangilangan Toyota GR Supra kuchaytirilgan kuzovga ega bo‘lgan. Biroq uning asosiy farqi o‘zidan oldingi versiyadan kuchliroq dvigatelga egaligida. Uch litrli motor endilikda 340 emas, balki 387 ot kuchini beradi. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. Model 100 km/soat tezlikka 4,1 soniyada chiqishga qodir.

Foto: Motor
Supra yapon bozorida Horizon blue rangi ostida, 19 dyuymli qora diskalar, shuningdek, charm va alkantradan ishlangan salon va qurilmalar paneliga ega holda taqdim etiladi. Bu rangdagi mashinalar 100 nusxada ishlab chiqarilib, taxminan 7,413 million iyen (66,5 ming AQSH dollari)dan sotuvga chiqadi.

Foto: Motor

Foto: Motor
Bundan tashqari, Yaponiyada Storm Grey rangida ham yangilangan kupe taqdim etiladi. Mazkur rangga ega sportkar 27 nusxada yaratilib, uning narxi 7,665 million iyen (71,5 ming dollar)ni tashkil etadi. Avtomobilni xarid qilish uchun onlayn ariza berish kerak. Shundan so‘ng 27 dona sportkar lotereya shaklida o‘ynaladi. G‘olibga Supra oktabr oyida topshiriladi.

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toyota kompaniyasi o‘zining noyob Supra’sini taqdim etdi (foto)