14:00 / 07.05.2020
2 823

Chexiyada retro uslubidagi elektromobil taqdim etildi

Chexiyada retro uslubidagi elektromobil taqdim etildi
Foto: Francois d'Nenu
Chexiyaning MW Motors kompaniyasi Luka EV elektromobilini taqdim etdi. Mashina retro uslubida ishlangan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Elektr qurilma 1950—1970 yillarning klassik avtomobillarini eslatuvchi sport kupesiga joylashtirildi.

Luka EV 74 ot kuchiga ega motor, soatiga 26,4 kilovatt quvvatli batareya bilan ta’minlandi. Elektrosedanning og‘irligi 886 kilogrammni tashkil etadi.
Avtomobil bir quvvatlanishda 305 kilometrdan ko‘proq yo‘l yuradi. Uning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi, Luka EV’ning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 9,8 soniya talab qilinadi.

Sport retro-elektrokarning boshlang‘ich narxi 30 ming yevroni tashkil etadi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chexiyada retro uslubidagi elektromobil taqdim etildi