Foto: YouTube
«UAZ Xanter» va Mercedes-Benz «Gelendvagen» bir-biriga raqobatchi hisoblanadi. Aslida Rossiya avtomobillari Germaniyakidan kuchliroq ekanligini isbotlashga urinuvchi «UAZ» egalari shunday hisoblaydi, deb yozadi Carakoom.
Bu ikki yo‘ltanlamasni bir necha marotaba solishtirib ko‘rishgan. Sinovlar an’anaviy yo‘llarda, notekis yo‘llarda o‘tkazilgan. Biroq hech kim ularning mustahkamligini sinovdan o‘tkazmagan.
DdKaba YouTube kanali aynan shunday qilishga qaror qildi. Ular ko‘rinishidan ancha yangi «UAZ» va eskigina uch eshikli Mercedes-Benz G-klassini sotib olgan.
So‘ngra ikkala avtomobil ishtirokida oldma-old to‘qnashuv sodir etildi.
Foto: YouTube
To‘qnashuv soatiga 60 kilometr tezlikda yuz berdi. Tashqaridan qaraganda «UAZ» kuchliroq zararlandi. G-klassdan farqli ravishda uning old eshiklari qiyinchilik bilan ochildi. «UAZ»ning tagiga antifriz, Mercedes-Benzning ostiga esa avtomobil moyi oqib ketdi.
Rasmiy natijalar esa quyidagicha: ushbu sinovda kuzovining mustahkamligi bilan Mercedes-Benz g‘alaba qozondi.
Blogerning o‘zi o‘ylab topgan qoidagi ko‘ra, sinov oxirida mag‘lub avtomobil yo‘q qilinadi. Shuning uchun video so‘nggida «UAZ»ning metallolomga aylanayotganini ko‘rish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi