21:21 / 11.05.2020
7 387

May oyida qaysi banklar avtokredit taqdim etayotgani ma’lum qilindi

May oyida qaysi banklar avtokredit taqdim etayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2020 yilning may oyida 21 ta tijorat banki avtokredit taklif qilmoqda. Spot mazkur banklar ro‘yxati hamda taklif qilinayotgan kredit shartlari va foiz stavkalarini taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil may oyida 21 ta bank avtokreditga bo‘lgan yuqori talabni qoplashga tayyor. Joriy yilning yanvar oyida ularning soni 16 tani, mart oyida esa 20 tani tashkil qilgan.

Avtokredit taklif qilayotgan barcha banklarda mazkur kreditni olish uchun dastlabki badalni to‘lash kerak. Qoida tariqasida, dastlabki badal miqdori xarid qilinadigan avtomobil qiymatining 30 foizini tashkil qiladi, biroq bundan yuqori va pastroq bo‘lgan miqdorlar ham uchraydi.

Bir nechta bank turli avtokreditlarni taqdim etmoqda. Ularda foiz stavkasi badal summasi va kredit muddatiga mos ravishda o‘zgaradi. Deyarli barcha banklarda bir oy va undan ko‘proq bo‘lgan muddatga imtiyozli davr mavjud.

Quyidagi ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida taqdim etilmoqda va ularning aniqligi yuzasidan nashriyot mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Kredit shartlari mazkur ma’lumotlardan farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumot uchun avtokredit taqdim etadigan banklarning o‘ziga murojaat qilish tavsiya etiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » May oyida qaysi banklar avtokredit taqdim etayotgani ma’lum qilindi