12:32 / 02.06.2020
6 592

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga endi Cobalt va Malibu 2 turbo ni ham muddatli to‘lovda bermoqda

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga endi Cobalt va Malibu 2 turbo ni ham muddatli to‘lovda bermoqdaUzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga avtomobil xaridida qulaylik yaratishda davom etadi. Endilikda kompaniya taqdim etayotgan qulay aksiya doirasida Cobalt hamda Malibu 2 Turbo avtomobilini ham muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkin.

Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni ko‘rsatilgan davrlar mobaynida oyma-oy to‘lash evaziga muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin:

Spark MT — 2,0 mln so‘mdan (12 oy)
Spark AT — 2,3 mln so‘mdan (12/24 oy)
Nexia AT — 2,6 mln so‘mdan (12/24 oy)
Cobalt AT — 2,8 mln so‘mdan (12/24 oy)
Tracker MT/AT — 3,8 mln so‘mdan (18/30/36 oy)
Malibu 2 Turbo — 5,1 mln so‘mdan (18 oy)
Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln so‘mdan (18/30/36 oy)
Trailblaizer — 4,9 mln. so‘mdan (24/30/36 oy)

Aksiyaning asosiy shartlari:

* Boshlang‘ich to‘lov: avtomobil narxidan 40% dan 70% gacha;
* To‘lov muddati: 12 dan 36 oygacha.
* Aksiya amal qilish muddati: 2020 yil 15 iyun (ushbu sana ham kiradi).

Diqqat: oyma-oy to‘lanadigan summa boshlang‘ich to‘lov hajmi hamda muddatli to‘lov davriga qarab o‘zgarib boradi.
Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

Aksiya doirasida qatnashayotgan avtomobillarning narxlari muddatli to‘lov evaziga amaldagi narxlardan farq qilishi mumkin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga endi Cobalt va Malibu 2 turbo ni ham muddatli to‘lovda bermoqda