00:24 / 04.06.2020
4 221

Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi

Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Kudenko
1 avgustdan boshlab traktorlar, 10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari, yengil avtomobillar va yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.

Autostrada saytining yozishicha, chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi