15:12 / 09.06.2020
2 697

Quyoshda qoldirilgan avtomobil ichida qanday harorat kuzatiladi?

Quyoshda qoldirilgan avtomobil ichida qanday harorat kuzatiladi?
Quyoshda qoldirilgan avtomobildagi issiq havo harorati 55-60 darajagacha ko‘tarilib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Quyoshning ta’siri natijasida avtomobil ichidagi va tashqaridagi havo haroratini solishtiramiz:

vaqt - tashqarida - ichkarida
0 min. +27 daraja + 27 daraja
10 min. +27 daraja + 37 daraja
20 min. +27 daraja + 43 daraja
30 min. +27 daraja + 46 daraja
40 min. +27 daraja + 48 daraja
50 min. +27 daraja + 49 daraja
60 min. +27 daraja + 51 daraja

Quyosh nurlaridan hosil bo‘lgan issiqlik avtomobil ichida juda tez to‘planadi.

"Ayni kunlarda havo haroratining ko‘tarilishi, yoz faslining yaqinlashayotgani munosabati bilan transport vositalarini soya va salqin joylarda qoldirishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Quyoshda qoldirilgan avtomobil ichida qanday harorat kuzatiladi?