10:44 / 19.06.2020
3 192

AQSHda stimpank uslubida yaratilgan va eshigi teskari tarafga ochiluvchi BMW X6 sotuvga qo‘yildi

AQSHda stimpank uslubida yaratilgan va eshigi teskari tarafga ochiluvchi BMW X6 sotuvga qo‘yildi
Foto: Motor
Mayamida 2012 yili stimpank uslubida yaratilgan va eshiklari teskari tomonga ochiluvchi noodatiy BMW X6 xDrive50i sotuvga qo‘yildi. Mazkur avtomobilni 13,5 ming dollar evaziga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

XXX6 nomini olgan BMW’ning mazkur modelini qaytadan yaratishga 6 oy vaqt ketgan. Modifikatsiya jarayonida avtomobilga stimpank uslubida murakkab aerografiya chizilgan, shuningdek, eshik mexanizmi almashtirilgan — endilikda ular harakatlanish yo‘nalishiga qarshi ochiladi.

Bundan tashqari, yagona nusxada yaratilgan avtomobilga 22 dyuymli g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan bo‘lib, u modelning noodatiy tashqi ko‘rinishini hosil qiladi. Shu bilan birga, modifikatsiyaga uchragan X6’ning intereri o‘zgarishsiz qolgan. Salonga kiritilgan yagona o‘zgartirish — old oyna qarshisiga qo‘yilgan chanoq.

Foto: Motor
Mashina kapoti ostidan 407 ot kuchi va 600 Nm aylanuvchi momentga ega 4,4 litrli V8 biturbodvigateli o‘rin olgan. Agregat bir juft olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor
Odometrga ko‘ra, avtomobil 146 ming kilometr yo‘l bosgan, biroq mashina egasining so‘zlariga qaraganda krossover yaxshi holatda va ta’mirlashga pul sarflash shart emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda stimpank uslubida yaratilgan va eshigi teskari tarafga ochiluvchi BMW X6 sotuvga qo‘yildi