14:30 / 19.06.2020
2 720

Qo‘lda yig‘ilgan noyob Spyker salkam 400 ming yevroga sotilmoqda (foto)

Qo‘lda yig‘ilgan noyob Spyker salkam 400 ming yevroga sotilmoqda (foto)
Foto: Classic-youngtimers
Classic-youngtimers portalida Niderlandiyaning qo‘lda yig‘ilgan noyob Spyker C8 Laviolette modeli sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. 2008 yilda ishlab chiqarilgan kupening narxi 387 200 yevroga teng bo‘lib, uning jamlanmasidan 50 nusxada ishlab chiqarilgan Koga velosipedi ham o‘rin olgan, deb xabar beradi Motor.

Sotuvga qo‘yilgan model 2009 yilda ro‘yxatga olingan. E’londa ko‘rsatilishicha, kupe o‘z seriyasidagi so‘nggilardan hisoblanadi: uning kuzovi kumush, saloni esa Tropicana Orange rangiga bo‘yalgan. Kupega 400 ot kuchiga ega 4,2 litrli Audi V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u olti pog‘onali Getrag mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi.

Avtomobil jamlanmasidan undan qanday foydalanish bo‘yicha qo‘llanma, anjomlar, firma kepkasi, sertifikat va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi hujjatlar o‘rin olgan.

Foto: Classic-youngtimers
Bundan tashqari, sportkar bilan birga, Spyker bilan hamkorlikda cheklangan nusxada yaratilgan Koga velosipedi hamda C8 Laviolette saloni rangidagi aviatsiya o‘rindiqlari sotilmoqda.

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Foto: Classic-youngtimers

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qo‘lda yig‘ilgan noyob Spyker salkam 400 ming yevroga sotilmoqda (foto)