13:33 / 20.06.2020
5 258

Rossiya va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqchi

Rossiya va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqchi
Rossiya va O‘zbekiston hukumati vakillari tomonidan avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi, deb xabar beradi 18 iyun kuni respublika Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

17 iyun kuni O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ip, mato, pardozlash materiallari va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish, yog‘ochni tayyorlash va qayta ishlash, shuningdek elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

17 iyun kuni yuqorida aytib o‘tilgan videokonferensiya chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston hukumati vakillari sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish rejasini kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiya va O‘zbekiston birgalikda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqchi