08:12 / 26.06.2020
3 217

Ford Matiz’dan ham kamroq benzin «yeydigan» Focus modellari savdosini boshladi

Ford Matiz’dan ham kamroq benzin «yeydigan» Focus modellari savdosini boshladi
Foto: Ford
Ford kompaniyasi 1,0 litrli EcoBoost «turbouchligi», 48 voltli startyor-generator va 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan gibrid versiyali Focus’ni sotuvga chiqardi, deb xabar beradi Motor.

Ford muhandislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 155 ot kuchiga ega 1,0 litrli gibrid motor 100 kilometr masofaga 5,1 litr benzin sarflaydi. Yangi model 150 ot kuchi ega 1,5 litrli dvigatel o‘rnatilgan to‘rtinchi avlod Ford Focus’dan 17 foizga tejamkor.

Bu kabi tejamkorlikka past aylanishlar vaqtida silindrlardan birining o‘chishi, tormozlanish vaqtida kinetik energiyaning qayta tiklanishi va start-stop tizimi hamda tezlanish vaqtda startyor-generatorning ulanishi hisobiga erishilgan.

Foto: Ford
Elektrifikatsiya Ford Focus’ga 2021 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradigan Yevropa Ittifoqining ekologik standariga mos kelish uchun xizmat qilgan — is gazining havoga tarqalishi kilometriga 93 grammga qadar pasaytirilgan.

Hozirda Ford Focus’ning gibrid versiyasini Yevropada buyurtma qilish mumkin. 125 ot kuchiga ega bazaviy xetchbek 24 ming yevro, 155 ot kuchiga ega 1,0 litrli elektro «turbouchlikka» ega modelni esa 28,25 ming yevroga xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ford Matiz’dan ham kamroq benzin «yeydigan» Focus modellari savdosini boshladi