12:00 / 03.07.2020
2 878

Hyundai birinchi elektro miniavtobusni taqdim etdi

Hyundai birinchi elektro miniavtobusni taqdim etdi
Foto: Hyundai
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi County Electric nomli ilk elektro miniavtobusni taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek.
Yangi miniavtobus bir marta quvvatlanish orqali 250 kilometr masofa bosishga qodir. Avtomobilga 128 kVt/soatli litiy-ion-polimerli akkumulator o‘rnatilgan.

County Electric uzunligi 7,7 metrga teng bo‘lib, uning ichiga 15 nafardan 33 nafargacha yo‘lovchi sig‘ishi mumkin.

Foto: Hyundai
Kompaniyaning ta’kidlashicha, miniavtobus yo‘lovchilar va atrof-muhit uchun maksimal darajada xavfsiz hisoblanadi.
Aprel oyining oxirlarida Hyundai noodatiy shou-karlar seriyasini ishlab chiqarishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hyundai birinchi elektro miniavtobusni taqdim etdi