11:15 / 05.07.2020
3 672

Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video)

Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Foto: Dodge
Dodge kompaniyasi dunyodagi eng kuchli krossover deya talqin qilinayotgan Dodge Durango SRT Hellcat avtomobilini taqdim etdi, deb yozadi Motor1.

Yangi modelga 720 ot kuchi va 875 Nm aylanuvchi momentga ega 6,2 litrli Hemi V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Taqqoslash uchun, Porsche Cayenne Turbo S gibridi 680 ot kuchini taqdim etishga qodir. Hellcat soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi, maksimal tezligi 290 km/soatga teng.

Krossoverga moslashuvchan amortizatorlar o‘rnatilgan. Hellcat to‘liq uzatmali bo‘lib, 3950 kilogrammgacha bo‘lgan yukni torta oladi.

Foto: Dodge
Shuningdek, yangilangan model «tajovuzkor» ko‘rinishga ega. U nozik qirrali radiator panjarasi, yangi bamperlar va ingichka LED-faralar o‘rnatilgan.

Dodge Durango SRT Hellcat salonida tachskringa ega yangi 8,4 yoki 10,1 dyuymli Uconnect 5 mediatizimi paydo bo‘lgan. Model ikki yoki uch qatorli o‘rindiqli versiyada taqdim etiladi.

Dodge Durango SRT Hellcat Amerika bozorlarida 2021 yilning boshida paydo bo‘ladi.

Foto: Dodge

Foto: Dodge

Foto: Dodge

Foto: Dodge

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video)