22:23 / 24.07.2020
4 643

Hatto Bentley’da ham yo‘q opsiyalar bilan jihozlangan O‘zbekistondagi «VAZ-2101» (foto, video)

Hatto Bentley’da ham yo‘q opsiyalar bilan jihozlangan O‘zbekistondagi «VAZ-2101» (foto, video)
Kadr: YouTube
O‘zbekistonda eski «VAZ-2101» avtomobili hatto Bentley mashinalarida ham yo‘q hashamatli opsiyalar bilan jihozlandi, deb xabar beradi Carakoom.

Mashinadagi mavjud barcha detallar elektruzatmalar yordamida ochiladi yoki yig‘iladi. Bu nafaqat orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oyna, tutqichsiz eshik yoki yukxona, balki kapotga ham taalluqli. Haydovchi birgina tugmani bosishi bilan kapot sekin-asta ko‘tariladi.

Kapot ostidan yangi kuch agregati o‘rin olgan. Aftidan «VAZ 2101»ga Toyota motori o‘rnatilgan ko‘rinadi. Bunga blok kallakchasidagi TRD Sports yozuvi shama qilmoqda.

Salon ichidan Chevrolet ruliga ega «oltilik» panel va AMG markaziy «konsoli» o‘rin olgan. Musiqa ovozi sifatli chiqishi uchun sabvufer ham o‘rnatilgan.

«Mashina egasi nima sababdan shuncha pulni eski avtomobiliga sarfladi? Balki, yangisini xarid qilgan ma’quldir? Biroq O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olish oson ish emas, shu sababli boshqalar ham shunday yo‘l tutgan bo‘lardi.

Mahalliy aholining aksariyati rang-barangligi bilan u qadar ajralib turmaydigan mahalliy avtomobillarni xarid qila oladi. Minilgan yapon avtomobillarini mamlakatga olib kirishdagi bojlar shu qadar yuqoriki, yangilari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas
», — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda Volkswagen Caddy modelining savdosi 27 iyuldan boshlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hatto Bentley’da ham yo‘q opsiyalar bilan jihozlangan O‘zbekistondagi «VAZ-2101» (foto, video)