3 007
AQSHda «Telba Maks» uslubida yaratilgan Chevrolet Corvette 6600 dollar bahosida sotuvga qo‘yildi
Foto: Barnfinds
Kanzasda 1998 yilgi Chevrolet Corvette C5 sportkari bazasida yaratilgan noodatiy baggi sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor.
«Telba» baggi 1998 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Corvette sportkari bazasida yaratilgan. Modifikatsiyaga uchragan avtomobilning o‘ziga xosligi old panellar, kapot va eshiklarning yo‘qligida. Model old tomoniga 2018 yilgi Jeep’ning kuchaytirilgan bamperi va Polaris PZR yo‘ltanlamasining faralari o‘rnatilgan. Mashina kuzovi qo‘shimcha qattiqlik kartasi bilan himoyalangan. Baggiga BBS diskalari kiygizilgan.
Foto: Barnfinds
Eshiklar va orqa oynalar yechilgani sabab noodatiy transport vositasidan qishda, shuningdek, oddiy yo‘llarda ham foydalanish mumkin. Modifikatsiyaga uchragan avtomobil ichi xavfsizlik kamarlari, multimedia tizimi va konditsioner bilan jihozlangan.
Foto: Barnfinds
Baggi kapoti ostiga 350 ot kuchi va 475 Nm aylanuvchi momentga ega 5,7 litrli V8 motori o‘rnatilgan. Agregat Corvette C6’ning olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Ayni vaqtda «Telba Maks» uslubida yaratilgan baggini 6600 dollar evaziga xarid qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi