13:53 / 31.07.2020
2 800

Xitoyliklar Tesla bilan raqobatlashadigan avtomobilni sotuvga chiqarmoqda

Xitoyliklar Tesla bilan raqobatlashadigan avtomobilni sotuvga chiqarmoqda
Foto: Kandi Technologies
Xitoyning Kandi Technologies elektrokar ishlab chiqaruvchi korxonasi Tesla kompaniyasi bilan raqobatlashish maqsadida, AQSHda o‘z elektromobillariga buyurtma olishni boshlamoqda.

Business Insider xabariga ko‘ra, amerikaliklar 18 avgustdan boshlab K23 va K27 modellari uchun 100 dollar miqdorida depozit kiritishi mumkin. Kandi elektromobillari savdosi to‘rtinchi kvartaldan boshlab start oladi. Bu haqdagi xabar ortidan xitoyliklarning aksiyalari 2 kun ichida 350 foizga qimmatladi.

Xitoyliklar Ilon Maskning Tesla kompaniyasiga yaxshigina «zarba» berishi mumkin, chunki Kandi elektromobillarining narxi ancha arzon. Misol uchun, Tesla kompaniyasining eng arzon Model 3 avtomobili narxi 31,7 ming dollarga teng bo‘lsa, Kandi Technologies kompaniyasining K27 modeli atigi 13 ming dollar, K23 modeli esa 22,5 ming dollarga baholanmoqda.

O‘z navbatida Tesla ham Xitoy bozorini egallashga kirishgan. 2020 yil boshida kompaniya Shanxay yaqinida Model Y sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi ilk zavodini ochgan edi. Iyul oyida korxona yangi ishchilarni qabul qila boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyliklar Tesla bilan raqobatlashadigan avtomobilni sotuvga chiqarmoqda