11:18 / 04.08.2020
2 414

Musiqa ostida yorug‘lik shou uyushtirishga qodir Xpeng P7 elektromobili (video)

Musiqa ostida yorug‘lik shou uyushtirishga qodir Xpeng P7 elektromobili (video)
Foto: Carakoom
Xitoyda yaratilgan Xpeng P7 elektromobilining old qismidagi yorug‘lik texnikasi o‘ziga xos rejimga ega bo‘lib, u Edvard Grigning musiqasi bilan alohida uyg‘unlik hosil qildi, deb xabar beradi Carakoom.

Tesla markasining turli modellari o‘z muxlislari ko‘nglini «raqslar» bilan rom etgan. Xitoyda unga raqobatchi sifatida qaralayotgan Xpeng kompaniyasi esa yangi P7 elektrosedani uchun yangi yorug‘lik rejimini ishlab chiqdi.
Xpeng P7 norvegiyalik kompozitor Edvadrd Grigning fortepianoda ijro etgan kuyiga yorug‘lik shousini ijro eta oladi.

Shou 1 daqiqadan ko‘proq davom etgan va unda elektromobilning old qismidagi yorug‘lik panelidan foydalanilgan. Turli yorug‘lik sektorlaridagi faollik musiqa bilan ajoyib uyg‘unlik hosil etgan va hatto boshida fortepiani klavishlari bosilishini takrorlagan. Musiqa boshlanganida yorug‘lik diodlariga burilishni ko‘rsatuvchi yon chiroqlar va asosiy fara ham qo‘shilganini tomosha qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xpeng P7 — 80,9 kVt/soat quvvatli akkumulator batareyasiga ega elektromobil hisoblanadi. Orqa uzatmali model bir marta quvvatlanish orqali 568 kilometr yo‘l bosa oladi. Shuningdek, mijozlarga to‘liq uzatmali variantga ham taklif etiladi. Soatiga 100 kilometr tezlikka 4,3 soniyada chiqa oladigan ushbu variant bir marta quvvatlanish orqali 706 kilometr yo‘l bosishga qodir bo‘ladi.

May oyining o‘rtalarida Xitoyning BYD avtomobil ishlash chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining yangi Han EV elektrokarini taqdim etgan va Tesla Model 3’ga raqobatchi tayyorlayotganini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Musiqa ostida yorug‘lik shou uyushtirishga qodir Xpeng P7 elektromobili (video)