15:30 / 06.08.2020
1 705

«Milliy tiklanish» partiyasi «tonirovka»ni bepul qildirmoqchi

«Milliy tiklanish» partiyasi «tonirovka»ni bepul qildirmoqchi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq va telegram kanallarda AQSHnig Kaliforniya shtatida 2012 yildan boshlab avtomobil oynalari majburiy va bepul qoraytirilishi haqidagi xabar rosa aylantirildi. Buni, albatta, O‘zbekiston hukumatiga jamoatchilikning «signali» sifatida qabul qilish mumkin, deyiladi Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek Kengashi deputati Jahongir Ziyayev maqolasida.

Uning qayd etishicha, mamlakatimizda avtomobil oynalarini qoraytirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilishi hamda buning uchun to‘lovning yuqoriligi o‘tgan yillar davomida yetarlicha va ortig‘i bilan muhokama qilindi. Va bu borada parlament quyi palatasining ayrim deputatlari tomonidan orqa oyna tusini bepul o‘zgartirish, shuningdek, agar avtomobilning ikki yonida orqa tomonni ko‘rish uchun ko‘zgu bo‘lsa, pardalarni (chiyparda, darpardalar) ilish mumkinligiga erishildi.

«Ammo bu masalaning yechimi emas. Chunki gap avtomobilning faqat orqa va orqa yon oynalari haqida emas, barchasiga birdek taalluqlidir. Chunki avtomobil salonida eng avvalo haydovchi uchun qulaylik yaratish zarur.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda o‘z avtomobili oynalarini qoraytirmoqchi bo‘lgan fuqarolar bir yil muddat uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi qaroriga asosan, orqa va old yon oynalar uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 150 000 so‘m), orqa yon oynalar uchun BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari zarur.

Mazkur to‘lov miqdorining yuqoriligi bois, bugungi kunda ayrim fuqarolargina avtomobil oynalari tusini o‘zgartirgan. 2019 yil statistikasiga ko‘ra, ular jami avtomobillar sonining 0,1 foizini ham tashkil qilmagan.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish hamda mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra fuqarolarning quyoshning ultrabinafsha nurlaridan teri saratoni kasaliga chalinishlarining oldini olish, avtomobil konditsionerlarini kamroq ishlatilishiga va buning natijasida yonilg‘i kamroq sarflanib, atrof-muhitga zararli moddalarning kamroq chiqishiga, pirovardida ekologiyani asrashga erishish maqsadida avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish uchun belgilangan to‘lovlarni bekor qilish, zarur deb hisoblaydi.

Buning uchun partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashidagi O‘zMTDP guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hukumatning 2020 yil 2 avgustdagi «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 646-sonli qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlandi
» — deb yozadi deputat.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)